Qiyomat kuni ular: “Endi, iymon keltirdik”, – deydilar. Uzoq bir makon boʻlgan oxirat diyoridan ularga iymonga qoʻl uzatish qayoqda ekan?!
Siz qidirgan أ ن ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 35 ta oyat mavjud.
tarzda, qanday, qayerdan?, qanday?, soatlarida, qayerdan (boshimizga keldi), u holda qanday, qanday ham, unday bo'lsa qanday?, endi qanday?
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Qiyomat kuni ular: “Endi, iymon keltirdik”, – deydilar. Uzoq bir makon boʻlgan oxirat diyoridan ularga iymonga qoʻl uzatish qayoqda ekan?!
Ey insonlar, sizlarga Allohning ato etgan neʼmatini yodga olinglar! Sizlarga osmonu yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa yaratuvchi bormi?! Undan oʻzga iloh yoʻq! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!
Agar xohlasak, ularning koʻzlarini yoʻq qilgan boʻlar edik. Ana unda yoʻlga shoshardilar-u, ammo qanday qilib yoʻlni koʻrsinlar.?!
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qoʻrqadigan va Robbisining rahmatidan umidvor boʻladigan kishi kofir holda yashagan kimsa bilan barobar boʻladimi?! Ey Rasulim ularga: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻladimi?!” – deb ayting. Albatta, bulardan faqat aql egalari eslatma oladilar.
Ana oʻsha Alloh sizning Robbingizdir. U barcha narsaning yaratuvchisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, haqdan qayoqqa burilib ketyapsizlar?!
Allohning oyatlari haqida tortishadigan kimsalarni koʻrmadingizmi? Ular qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Ey Muhammad, qasam boʻlsinki, agar ulardan oʻzlarini kim yaratgani haqida soʻrasangiz, albatta, ular: “Alloh”, – deydilar. Bas, shunday ekan, haq yoʻldan qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Ularda qayoqdan ham eslatma olish boʻlsin, holbuki, ularga aniq payg‘ambar kelgan edi.
Munofiqlar, faqat toʻsatdan qiyomat kelib qolishini kutib turibdilar, xolos. Darvoqe, uning baʼzi alomatlari kelib ham qoldi. Bas, ularga qiyomat kelgan vaqtida, eslatma olishlaridan qanday foyda bor?!
Iymon keltirgan kimsalar uchun qalblari Allohning zikriga va nozil boʻlgan haq Qurʼonga moyil boʻlish vaqti kelmadimi?! Yana ular uchun ilgari kitob berilgan, soʻng ular bilan payg‘ambarlari oʻrtasidagi muddat uzayib ketgach, dillari qotib ketgan yahudiy va nasroniylar kabi boʻlib qolmaslik vaqti kelmadimi?! Ulardan koʻplari fosiqdirlar!
Agarda ularni koʻrsangiz, jismlari sizni ajablantiradi, soʻzlaganlarida esa soʻzlariga beixtiyor quloq solasiz. Ular goʻyo devorga suyab qoʻyilgan chirik yog‘ochlarga oʻxshaydilar. Ular har bir qichqiriq ovozni ustilariga tushayotgan balo va ofat deb gumon qiladilar. Ular moʻminlarga dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot boʻling! Alloh ularni laʼnatlasin! Oʻzi qayoqqa og‘ib ketmoqdalar?!
Ularga kumush idishlarda taomlar va kumushdan yasalgan boʻlsa-da, nafislikda shisha boʻlib ketgan qadahlarda sharoblar aylantirilib turiladi.
Qaynab turgan buloqdan sug‘oriladilar.
Oʻsha kuni jahannam ham yaqin keltirib qoʻyiladi. Ana oʻsha kunda inson bu koʻrganlaridan eslatma oladi. Ammo unga eslashdan foyda qani?!