Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
There are 43 verses derived from the masdar-o'zak ت ر ك you searched for.
va ularni qoldirdi, qoldiradimi, ortda qoldirgani, uni qoldiradi, ortda qoldirganlari, qoldirsa, qoldirgan bo'lsa, qoldirgan merosda, qoldirgan merosning, qoldirganlariking
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Shuʼaybning qavmi istehzo qilib: “Ey Shuʼayb, ota-bobolarimiz oldindan sig‘inib kelayotgan narsalarni tark etishimizga yoki mol-davlatlarimizni qanday xohlasak, shunday ishlatishimiz mumkin emasligi haqida senga oʻqiyotgan namozing buyruq beradimi? Darvoqe, sen yumshoqkoʻngil va toʻg‘ri inson eding-ku?!” – dedilar.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Yusuf ularga: “Men sizlarga rizq boʻladigan taom oldingizga kelishidan avval uning qandayligi haqida taʼvilini aytib beraman. Bular Robbimning menga bildirgan narsalaridandir. Chindan ham men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratni inkor qiluvchi qavmning dinini tark qilganman”, – dedi.
Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlari tufayli azob bilan ushlaydigan boʻlsa, unda Yer yuzida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin ularni maʼlum muddatgacha kechiktirib qoʻyib beradi. Ana shu muddatlari yetib kelganida esa, uni biror soat orqaga ham oldinga ham sura olmaydilar.
U kunda Yaʼjuj va Maʼjuj qabilasini bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Keyin surga puflangach, ularning barchalarini toʻplaymiz.
Shoyad, men tark etgan dunyodagi yerimda yaxshi amal qilsam, – deydi. Yoʻq, u aslo dunyoga qaytarilmaydi. Albatta, bu quruq gap boʻlib, u buni gapiruvchi, xolos. Ularning ortida, to qayta tiriladigan kunlarigacha, ikki dunyo oʻrtasini toʻsib turadigan bir toʻsiq bordir.
Bu yerdagi narsalar ichida abadiy omon qoluvchilar holida tashlab qoʻyiladi, deb oʻylaysizmi?
Odamlar: “Allohga iymon keltirdik”, – deyishlari bilangina, imtihon qilinmay, shundoq tashlab qoʻyiladilar deb oʻyladilarmi?
Biz aql ishlatadigan qavmlarga ibrat boʻlsin, deb u qishloqlardan aniq belgi qoldirganmiz.
Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, Yer ustida biror jonivorni tirik qoʻymagan boʻlar edi. Lekin Alloh ularni jazolashni belgilangan qiyomat kunidagi muddatgacha kechiktiradi. Bas, belgilangan muddatlari kelgach esa ularning har biriga qilib oʻtgan yaxshi yoki yomon amallarining mukofot va jazosini beradi. Shubhasiz, Alloh bandalarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Mushriklar: “Nima, bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark qilamizmi?” – deb aytardilar.
Keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.
Keyingi avlodlar orasida u Ibrohim haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.
Keyingi avlodlar orasida u ikkisi xususida yaxshi gaplarni qoldirdik.
Biz keyingi avlodlar orasida u haqida chiroyli maqtovlar qoldirdik.
Ikkiga ayrilgan dengizni ochiq holda qoʻyaver. Ular g‘arq qilinuvchi qoʻshindir.
Ular orqalarida qanchadan-qancha bog‘larni, chashmalarni, qoldirib ketdilar.
Biz kofirlarni halok qilganimizdan soʻng alamli azobdan qoʻrqadigan kimsalarning ibrat olishlari uchun u joyda belgi qoldirdik.
Biz toʻfon asoratini bir belgi qilib qoldirdik. Bas, bulardan eslatma oluvchi bormi?!