93:1
Choshgoh vaqtiga qasam boʻlsin.
Revealed in Makka.
Juz 30,Surah 93,11 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Choshgoh vaqtiga qasam boʻlsin.
Oʻz zulmati bilan atrofni qoplab olgan tunga qasam boʻlsin.
Ey Muhammad, Robbingiz sizdan voz kechgani ham yoʻq, g‘azab ham qilgani yoʻq!
Albatta, siz uchun oxirat dunyodan yaxshiroqdir.
Yaqinda Robbingiz sizga shunday neʼmatlar ato qiladiki, siz, albatta, undan rozi boʻlasiz.
Ey Muhammad, Robbingiz sizni yetim holda topib, boshpana bermadimi?!
Yana sizni hayron holda topib, haq yoʻliga hidoyat qilib qoʻymadimi?!
Sizni kambag‘al holda topib, boy qilib qoʻymadimi?!
Bas, endi siz ham yetimga qahr qilmang!
Bas, sizdan yordam soʻrovchini esa malol olib jerkimang!
Robbingizning sizga ato qilgan barcha neʼmati haqida esa odamlarga soʻzlab bering!