99:1
Qachonki, Yer oʻzining dahshatli zilzilasi bilan larzaga kelganda,
Revealed in Madina.
Juz 30,Surah 99,8 versesRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Qachonki, Yer oʻzining dahshatli zilzilasi bilan larzaga kelganda,
Yer oʻz qaʼridagi yuklarini yuzaga chiqarib tashlaganida,
Inson dahshatga tushib: “Unga nima boʻldi ekan?” – deb qolganida,
Ana oʻsha kunda Yer oʻz xabarlarini aytib beradi.
Robbingiz unga vahiy qilib, soʻzlashga buyurgani sababli oʻz xabarlarini aytadi.
Oʻsha kunda odamlar, ularga qilib oʻtgan amallarini koʻrsatilishi uchun alohida-alohida boʻlib chiqib keladilar.
Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan boʻlsa, qiyomat kuni uni koʻradi.
Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan boʻlsa, uni ham koʻradi.